Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga tegishli restrga kiritilgan shaxslarga ruxsat beriladi

Foto: Google

“Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (277-son, 11.05.2020 y.) qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

– O‘zbekiston hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga ularni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar reyestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi;

– davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, o‘quv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.