Farg’ona viloyati Rishton tumanida yashovchi O‘.J. tanishi N.P.ning ishonchiga kirib, unga tegishli “Tico” rusumli avtomashinani 2000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, avtomashina pullarini bir oy muddat ichida berishga va’da qilib, avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Foto: Google

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi Jinoyat kodeksiga asosan yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati xabarida.