Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Forumning so‘ngi kunida dasturga muvofiq, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan chet ellik mehmonlar uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Hazrati Imom” majmuasi hamda “Tashkent Siti” bog‘i bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Ushbu joylarning tarixi, joylashgan o‘rni to‘g‘risida sayohat ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi. Sayohat davomida mehmonlar bilan suhbatda bo‘lganimizda, ular shahrimizning chiroyi, tarixiy obidalari va bu yerda mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, eng asosiysi, xalqimizning mehmondo‘stligini ko‘rib, bundan juda ham mamnun ekanliklarini yashirib o‘tirishmadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan BAAning “Fair Exhibition Organizers” kompaniyasi hamkorligida tashkil qilingan mazkur “UAALF 2020” forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya va boshqa ko‘plab davlatlardan tashrif buyurgan 60 dan ortiq taqdimotchilar, 300 ta delegat, 1200 ta mutaxassislar ishtirok etishdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati