Kuchli va uzoq saqlanib qoladigan immunitet COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning faqatgina yetti-sakkiz foizida shakllanadi, ko‘pincha eng barqaror immunitet kasallikning og‘ir shakliga chalingan bemorlarda paydo bo‘ladi. Bu haqda AQShdagi GMU tizimli biologiya maktabi professori, biologiya fanlari doktori Ancha Baranova ma’lum qildi.

Foto: Google

“Bizda kasallikka chalingan shunday odamlar borki, ularning aksariyatida isitma chiqishi hamda yo‘tal bor, biroq ularda antitanachalar yo‘q. Bu esa ular inson organizmining virusga tezkor reaksiyasi natijasida paydo bo‘ladigan inferonlar yordamida infeksiyadan xalos bo‘lishganini anglatadi. Bu holda inferonlarning o‘zlari yengadi va antitanachalar hosil bo‘lmaydi va immunitet ham shakllanmaydi”, – deydi Baranova.

Biologning so‘zlariga ko‘ra, antitanachalar va yaxshi immunitetga ega bemorlar juda ozchilikni tashkil qiladi.

“Bizda juda kuchli immunitetga ega bo‘lgan super odamlar bor, ularning antitanachalari plazma bilan kasallangan boshqa bemorlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin, bu amalga oshirilmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi Baranova.