Namangan viloyat bojxona boshqarmasining “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat postida tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi kun-u tun yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Davlat bojxona qo’mitasi

Raqamlarga eʼtibor qaratsak, mazkur postda joriy yilning 4 oyi mobaynida qiymati 2,7 million AQSH dollariga teng 2 ming tonnadan ziyod gilos, o‘rik, pomidor va boshqa meva-sabzavot mahsulotlari eksport uchun rasmiylashtirilgan.

Tashqi bozorlarga chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston ulushiga to‘g‘ri keladi.

Bojxona qo‘mitasi mamlakatimizda o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va mahsulotlarini xorijga eksport qilayotgan tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.