Foto: Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati

Qashqadaryo viloyat IIB xabariga ko’ra, joriy yil 6-may kuni Kasbi tuman IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 15:00 larda Kasbi tumani Toshqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi B.O‘. o‘z yashash uyida Kasbi tumani Zumrad qishlog‘ida yashovchi A.J. va Qarshi shahar “Kunchiqar” MFYda yashovchi Sh.N. bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, evaziga J.Abdurasulovdan 50,000 so‘m pul olganligi TIIB xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan O‘.B.ga nisbatan O‘z.Res JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.