Namangan viloyatida 2 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Surxondaryoda tuzalganlarning 1 nafari (64 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (43 yoshli erkak) esa Samarqand viloyatidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi avtomashina haydovchisi. U Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan va karantinga olingan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 38 nafarga yetdi.

Namanganda sog‘ayganlarning 2 nafari ham ushbu viloyatdan (54 yoshli erkak Namangan tumanidan, 72 yoshli erkak Namangan shahridan). Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Endilikda viloyatda tuzalganlar 197 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1996 nafarga yetdi.