2020-yil 12-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2519 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 1996 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi.