Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Farhod” bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qo‘yilganligi haqidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Foto: Uznews

Aslida esa shu kuni bozor xududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan edi.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor xududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida 1989-yilda tug‘ilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda “COVID-19” infeksiyasi aniqlanmaganligini ko‘rsatdi, deyiladi SSV matbuot kotibi bergan xabarida.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.