Joriy yilning 12-may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasi bilan davonalayotgan 4 nafar bemorlar butkul sog‘aydi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol kishilar bo‘lib, 3 nafari Andijon shahridan, 1 nafari Oltinko‘l tumanidan.

Bugungi kunga qadar viloyatda jami 169 nafar fuqarolar ushbu kasalikka chalingan bo‘lib, ularning 162 nafari yoki 95 foizi butkul sog‘aydi. Hozirda shifoxonada 7 nafar bemor davolanmoqda, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Ayni vaqtga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1992 nafarni tashkil etmoqda.