10-may kuni Tojikiston poytaxtida 5 balli zilzila sodir boʻldi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, zilzila epimarkazi Vahdat shahri atrofida boʻlgan.

Foto: Google

Bungacha, 9-may kuni seysmologlar Xitoyda 4,2 balli zilzilani qayd etdilar. Zilzila kuchi  Oʻzbekistonda ham ozgina sezilgan edi.

Zavyalovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda biron bir eslatma pandemiya paytida zilzilada nima qilish kerakligini koʻrsatmagan.

“Odatdagidek harakat qilish kerak. Chunki bu yerda zilzila muhimroq hodisa hisolanadi, vayron boʻlishi va bosib qolishi mumkin boʻlgan xavfli narsalardanqochish kerak”, – dedi ekspert “Sputnik Tojikiston”.

Bunday vaziyatlarda infektsiyadan himoyalanish choralari haqida esda tutish qolish qiyin.

“Shu vaqtda niqob va qoʻlqop kiyish kerakmi yoki yoʻqmi haqida fikr kelmaydi. Agar kimdir evakuatsiya paytida niqob kiysa, yaxshi, ammo ijtimoiy masofani saqlash qiyin boʻladi”, – deydi ekspert.