Surxondaryoda joriy yil 8-may kuni taxminan soat 17:00 da viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida Termiz shahar “Alpomish” mahallasidagi uylarning birida “X.Do‘stligi” ko‘chasida yashovchi fuqaro 37-yoshli A.Ya., “X” ismli shaxsga vazni 2,56 gramm bo‘lgan qora rangli, o‘tkir hidli, o‘tsimon giyohvandlik vositasini 900 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra A.Ya. dan ashyoviy dalil tariqasida olingan modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, u “Gashish” nomli giyohvand vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan Termiz shahar 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasining 5-qismi (giyovandlik vositalari ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan 10-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi Tergov departamenti axborot xizmati xabarida.