UFCning yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji Habib Nurmagomedov bilan chempionlik kamari uchun kechadigan jangdan so‘ng Konor MakGregor bilan kuch sinashmoqchi. Bu haqda “The Sun” xabar bermoqda.

Foto: Google

 Qayd etilishicha, 2019-yilning yozida Getji jamoasi irlandiyalik sportchi bilan jang tashkillashtirish uchun muzokalar olib borgan. Ammo MakGregor jangga rozi bo‘lmagan.

“Habib dunyoda eng zo‘r. Men to‘rt yoshimdan beri shu kabi muammolarga qarshi kurashish uchun shug‘ullanaman. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari vakili Dog‘istonning eng yaxshi jangchisi bilan kurashishidan mamnunman. Habibning hisobi 28-0. Ammo menda boshqa hech qanday tanlov imkoniyati yo‘q. Men u bilan kurashaman. Undan so‘ng Irlandiyaga boraman va u yerda ham o‘z so‘zimni aytaman”, – deydi Jastin Getji.

“Getji Nurmagomedovga qarshi jangda mag‘lub bo‘lsa ham, MakGregor bilan to‘qnash kelish istagidan voz kechmaydi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, kuni kecha, 10-may kuni Jeksonvill shtati (AQSh) “VyStar Veterans Memorial Arena”da bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Jastin Getji Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratib, yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.