Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 232, 243 ta holat qayd etildi, deya xabar berdi tezkor shtab vakili. Shu tariqa mamlakat COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Foto: TASS

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh birinchi o‘rinni egallab turibdi — 1,3 million kishi kasallikka chalingan. Undan keyingi pog‘onalarni Rossiya, Ispaniya (227 ming kishi kasallangan), Buyuk Britaniya (224 ming kishi kasallangan) egallagan.

Shuningdek, ro‘yxatga Italiya, Fransiya, Germaniya, Braziliya, Turkiya, Eron va Xitoy kiritilgan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, COVID-19 ga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 4 milliondan oshdi, 278 ming kishi tuzaldi. Jons Xopkins universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 4,1 million kishidan oshib ketgan.

Rossiyada bir kecha-kunduzda 10 899 ta holat qayd etildi, 3711 kishi tuzaldi, 107 kishi vafot etdi.