Tojikistonning Xatlon viloyati Do‘sti tumanida yashovchi sholikor Hoji Muhammadiso O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston Qahramoni unvonini berishni taklif qildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

70 yoshli Hoji Muhammadisoning aytishicha, O‘zbekiston rahbari bu unvonga munosibdir.

“Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin o‘zgardi. Tojikiston bilan aloqalar mustahkamlandi, muammolar yechildi”, – deydi u.

“Bundan tashqari, Mirziyoyevning hozir ham tojik xalqiga bergan yordamini e’tirof etish kerak. Bugun O‘zbekiston COVID-19’ga qarshi kurashishda Tojikistonga yordam berayotganlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Toshkent uch marta Dushanbega beg‘araz yordam va o‘z vrachlarini yubordi”, – deydi Hoji Muhammadiso.

2018-yil avgustda Toshkentda bo‘lgan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasining “Ed-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.