O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni vaqtdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Foto: Gazeta

– Mamlakatimizda koronavirus kasalligi bilan 2509 bemor ro‘yxatga olingan. 1988 nafar, ya’ni 80 foizga yaqin bemor to‘liq sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 511 bemordan 6 nafarining ahvoli og‘ir. 42 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Karantin tadbirlari davom etyapti. Keyingi kunlarda ko‘chalarda aholi faolligi kuzatilmoqda. To‘g‘ri, uyda o‘tirib, bir muncha zerikkan bo‘lishingiz mumkin. Lekin kasallik yana avj olishiga yo‘l qo‘yib beradigan bo‘lsak, bundan keyingi choralar yanada keskin bo‘lishini unutmasligimiz kerak, dedi Nurmat Otabekov.