Sankt-Peterburg (Rossiya)dagi Avliyo Georgiy shifoxonasiga o‘t ketdi — oltinchi qavatdagi koronavirus jonlantirish bo‘limida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Mash” telegram-kanali xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Eng ayanchlisi, ahvoli og‘ir besh nafar bemor yong‘inda halok bo‘lgan — ularning barchasi o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulab qo‘yilgandi.

Jonlantirish bo‘limidagi qolgan 11 nafar bemorni shifokorlar xavfsiz hududga olib o‘tishga ulgurishgan. Binodan jami 150 kishi evakuatsiya qilgani xabar qilingan.