Polsha chegara xizmati mamlakat Ichki xavfsizlik agentligi ma’lumotlariga ko’ra, “IShID” faoliyatini qo’llab-quvvatlagan to’rt tojikistonlik fuqaroni qo’lga oldi, deya xabar beradi “Gazeta PL” nashri.

Foto: Aziya-Plyus

Polsha Respublikasi maxsus xizmatlari vazir-muvofiqlashtiruvchisi PR bilan aloqalar bo’limi boshlig’i Stanislav Jaryenning so’zlariga ko’ra, Tojikiston fuqarolari 7-may, payshanba kuni hibsga olingan.

Uning so’zlariga ko’ra, ushlanganlar keyinchalik Polsha Respublikasi va Shengen zonasi hududidan chiqarib yuborish va nomaqbul shaxslar ro’yxatiga kiritish maqsadida Chegara qo’shinlari markaziga joylashtirilgan.

“Ushbu ish chet elliklar to’g’risidagi qonun va Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi qonunning qoidalari asosida amalga oshirildi”, – dedi matbuot kotibi o’z bayonotida.

Boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan.