Dushanba kunidan boshlab AQShning Twitter kompaniyasi koronavirus haqida noto‘g‘ri yoki ziddiyatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan xabarlarni belgilashni boshlaydi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan xabarida aytiladi.

Foto: Facebook – Twitter

“Jamoatchilik muloqatiga ko‘maklashish orqali bizning maqsadimiz Tvitterda ishonchli ma’lumotlarni topish va ehtimoliy xavfli va chalg‘ituvchi xabarlar tarqatishni cheklashdir. Bugungidan boshlab biz munozarali yozuvlarga qo‘shimcha yolg‘on ma’lumot beradigan xabarlarni belgilashimizni eslatib o‘tmoqchimiz”, – deyiladi xabarda.

Bunday xabarlar foydalanuvchini ijtimoiy tarmoqning rasmiy sahifasiga yoki koronavirus haqida tasdiqlangan va ishonchli ma’lumotni o‘z ichiga olgan boshqa veb-saytga yo‘naltiradigan maxsus belgi bilan belgilanadi. Noto‘g‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lgan xabarlar o‘chiriladi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 12-maygacha e’lon qilingan xabarlarda ham maxsus belgilar paydo bo‘ladi.