Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Surxondaryoda joriy yilning 11-may kuni soat 16:30 da, 36 yoshli A.R., boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida Sho‘rchi tumani “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-592 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida harakatlanib kelayotganida qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, ushbu yo‘nalishdan kelayotgan 38 yoshli K.A., boshqaruvdagi motoroller bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada motoroller haydovchisi K.A., tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Tergov departamenti axborot xizmati xabarida.