Turkiyaning 31 viloyatida 16-19 may kunlari koronavirus epidemiyasi munosabati bilan to‘rt kunlik komendantlik soati joriy etiladi, dedi Prezident Toyib Erdo’g‘an.

Foto: Sputnik

Avvalroq komendantlik soatlari 11-12, 18-19, 23-26 aprel, 1-3 va 9-10 may kunlari Turkiyaning 31 viloyatida, shu jumladan Anqara, Istambul va Antaliyada joriy qilingan edi.

“16-19 may kunlari komendantlik soati qaytadan kiritiladi. U shanba kuni soat 0.00 dan boshlanadi va seshanba kuni soat 24.00 gacha davom etadi“, -dedi Erdog‘an televideniya orqali xalqqa.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyaning to‘qqiz viloyatida (Adana, Diyorbakir, Mardin, Trabzon, O‘rdu, Dengizli, Qahramonmaras, Shonliurfa, Tekirdog‘) kirish va chiqish taqiqlari bekor qilinmoqda, shu bilan birga ushbu tadqiq 16 viloyatda, jumladan Anqara va Istanbulda ham saqlanmoqda.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda aniqlangan koronavirus holatlari soni kuniga 1,5 mingdan oshdi, 47 bemor vafot etmoqda, tasdiqlangan koronavirus holatlarining umumiy soni 138 mingdan oshdi va 3786 kishi vafot etdi.