Foto: O’zA

Bu haqida Kabar axborot agentligi maʼlum qildi, deyiladi xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, hozirda ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan va investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

– Biz GESni birgalikda qurish boʻyicha Oʻzbekiston bilan qoʻshma memorandum imzolaganmiz, u hali ham oʻz kuchida turibdi. Bu borada Oʻzbekiston bilan hali yana muzokaralar oʻtkazamiz. Qozogʻiston bilan ham muzokara olib bormoqchimiz. Agar ular rozi boʻlishsa, “Qambar-Ota GES-1“ gidroelektrstansiyasini birgalikda quramiz, – dedi Aytmamat Nazarov.

“Milliyenergoxolding“ rahbarining aniqlik kiritishicha, GESning quvvati 1860 MVTni tashkil etadi va yiliga 6 milliard kVt.ch. elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

– Hozir investorlar masalasi koʻrib chiqilyapti, bungacha biz oʻz kuchimiz bilan infratuzilmalarni quramiz, bular: yerosti yoʻllari, koʻprik va tonnellardir, – deya qoʻshimcha qilgan u.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur “Qambar-Ota GES-1“ning loyiha quvvati 1900 Mvt. Ammo ushbu koʻrsatkichga erishguncha 11 yil kerak boʻladi. Loyihaga 3 milliard dollar sarflanishi koʻzda tutilmoqda.