Erondagi harbiy mashqlar paytida yuz bergan voqea oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda Eron armiyasi matbuot xizmatiga tayanib IRIB telekompaniyasi xabar bermoqda

Foto: Lenta

“Voqea oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 kishi, jarohatlanganlar – 15 kishi. To‘satdan halokatga uchragan kema texnik ko‘rikdan o‘tish uchun dengiz portiga yetkazildi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Eron harbiy-dengiz kuchlariga tegishli Jamaran frigati o‘zlarining Konarak yordamchi kemasiga raketa otgani haqida xabar berilgan edi.

Voqea Jask va Chobahor (Eronning eng katta yuk tashish porti) portlari orasida sodir bo‘lgan.