Bugungi kunda mazkur savol “UzAuto Motors” kompaniyasiga eng ko‘p berilayotgan savollardan biri sanaladi.

Foto: Uzreport

Ushbu savolga javoban kompaniya quyidagilarni ma’lum qildi:

Kompaniyada navbat shakllantirilayotganda avtomobil’ modeli, modifikasiyasi hamda rang kabi omillari inobatga olinadi. Ushbu omillarning har biri bo‘yicha o‘zining belgilangan navbati mavjud.

Avtomobilingizning navbati o‘zgarmagani bu avtomobil’ ishlab chiqarilmayapti degani emas. Demak navbat omillardan boshqa biri asosida o‘zgarmoqda. Har bir avtomobil navbati yuqorida sanab o‘tilgan omillar bo‘yicha shakllantiriladi.

Kompaniya xaridorlarning avtomobillarini shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan yetkazib berilishini ta’minlaydi, deyiladi kompaniya bergan xabarda.