O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xaber berilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig’ilishda Toshkent shahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimlarini joriy etish, ijtimoiy nafaqalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ni joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasiga savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini onlayn nazorat kassa mashinalariga o‘tkazish, alkogol’ va tamaki mahsulotlarini markirovkalash hamda elektron hisob-faktura tizimini joriy etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Transport vazirligiga temir yo‘llarda yuk tashish hamda Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatlari to‘lovi uchun avtomatlashgan tizimlarni ishga tushirish, barcha transportlarga yagona elektron bilet joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.