Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan yaqin kunlarda kuzatilgan favqulodda hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb yangilik.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastur suv sathining maksimal me’yordan oshmasligini ta’minlaydi va sum omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

Dastur mualliflari – Furqat G‘affarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.