Foto: Interfax

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, yana 397 kishida koronavirus aniqlangan, davolanishga muvaffaq bo‘lgan 2393 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar osni 75 891 kishini tashkil etmoqda.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblanuvchi Xubey provinsiyasida kasallikni yuqtirib olgan 366 nafar odam ro‘yxatga olingan, ularning 314 nafari — Uxan shahridan. O‘tgan bir sutka davomida 106 kishi aynan ushbu shaharda vafot etgan.

Gonkong, Makao va Tayvanda jami 104 kishida kasallik aniqlangani aytiladi xabarda.