Koronavirus infeksiyasiga antitanachalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar kasallanganlarning aksariyati og‘ir formaga chalinganini tasdiqlamoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: O’zA

Tashkilotning favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Mayk Rayanning aytishicha, virusni yuqtirganlar umumiy soni tahlil qilinganida, kasallikni og‘ir o‘tkazuvchilar soni ko‘pchilikni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Jahon hamjamiyati epidemiya tarqalishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishi kerak, ta’kidlaydi Maykl Rayan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq odam ushbu infeksiyani yuqtirib olgan, 280 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.