2020-yil 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2509 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Dunyo

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 1988 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.