Joriy yil 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etadi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

ShHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari bo‘yicha fikr almashadilar.

Shuningdek, ShHT tomonidan Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashish masalalari ham alohida ko‘rib chiqiladi.