Farg‘ona shahrida yashovchi G‘.A. tanishi T.M. ning ishonchiga kirib, Janubiy Koreya Respublikasiga tadbirkorlik qilish uchun yuborishga va’da qilib, 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Foto: Google

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni firibgarlarga ishonib qolmasliklarini, hushyor bo‘lishlarini, yuqoridagi masalalarda rasmiy idoralarga murojaat qilishlarini so‘rab qoladi hamda firibgarlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi, yuqoridagi jinoyatni sodir etgan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.