Qo’shni davlatlarda ahvol qanday? Turkmanistonda rasman koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Afg`oniston koronavirus
Foto: RIA novosti

2020-yil 12-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 5240 kishiga yetdi. Bemorlarning 2074 nafari butunlay tuzaldi. 32 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 12-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 21 taga oshib, jami 1037 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 12 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangan edi. Bugun, 12-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 661 tani tashkil etmoqda va jami 21 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 12-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 4687 nafarni tashkil etmoqda. 122 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi. 574 kishi esa kasallikdan sog’aydi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 280 ming nafari vafot etgan.