Foto: IIV matbuot xizmati

Ushbu xalqaro musobaqada Sambo bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi va Jangovar sambo bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi munosib ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Jangovar sambo bo’yicha umum jamoa hisobida 2-o’rinni egalladi. Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Navoiy viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi safdor xodimi Qudratov Istam Safar o’g’li 74 kg vazn toifasida faxrli 1-o’rinni egallab, oltin medalni qo’lga kiritdi. Istam Qudratov musobaqa davomida umumiy hisobda 4 ta jang o’tkazdi. YArim finalda Turkmaniston vakili Bayliev Allanazar bilan jang olib bordi. Finalda esa Ukraina vakili Krasnojon Vitaliy bilan to’qnash keldi va mutloq ustunlik bilan vatanimiz sha’nini himoya kildi.

Bugun 22 fevral kuni tongda chempionlarimiz I.A.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bayramona tarzda kutib olindi. Kutib olish jarayonida Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari va IIV Alohida na’munali-ko’rgazmali orkestri ishtirok etdi. Go’zal kuy-qo’shiqlar sportchilarimiz va boshqa tadbir ishtirokchilariga a’lo kayfiyat bag’ishladi. IIV tizimida Istam Qudratov kabi yurtimiz bayrog’ini jahon arenalarida yuqori cho’qqilarga olib chiqadigan xodimlar soni yanada ko’payishiga tilakdoshmiz.