AQShning Michigan universiteti olimlari “ulkan viruslar”ning sayyoramizning qayerida yashiringanligi haqida xabar berishdi.

Foto: News RU

Qayd etilishicha, ulkan soʻzi ularning tuzilishi hajmi boʻyicha emas, balki murakkabligi bilan bogʻliq boʻlib, soʻnggi bir necha yil ichida bunday xavfli “omborxona”lar kutilmagan joylarda aniqlangan.

Xususan, Sibirning doimiy muz qatlamlari hamda Antarktida shunday maskanlar qatorida qayd etildi.

Maʼlum boʻlishicha, Sibirda aniqlangan viruslarning yoshi 30 mingga teng boʻlib, ming yilliklar davomida abadiy sovuqda boʻlishiga qaramay xavflilik darajalarini yoʻqotishmagan.

Bunga esa ularning qoplamalari sabab boʻlgan. Vaholanki, ushbutashqi qoplamalar istalgan vaqtda uygʻonishning noyob mexanizmini oʻzida saqlab qolgan holda, virusli genomni har qanday ogʻir sharoitlardan himoya qiladi.

Olimlarning soʻzlariga qaraganda, bunday virusni uygʻotish uchun esa past pH balansi, yuqori havo harorati va tuz miqdori talab qilinar ekan.