Bugun Senatning yalpi majlisida hisobot bergan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Unga ko‘ra, hisobot davrida bo‘lib o‘tgan 127 mingta sud majlislarida prokuror ishtiroki ta’minlangan. Chiqarilgan sud qarorlarining qariyb 30 foiziga prokurorlar tomonidan protest kiritilishi natijasi qonunga moslashtirilgan. Bu har uchta sud qarorining bittasi prokuraturada e’tiroz paydo qilayotganini anglatadi.

Shuningdek, Bosh prokurorning qayd etishicha, 2019 yilda prokuratura tashabbusi bilan 115 ta oqlov hukmi chiqarilgan.