O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan 2020-yil 8-10-may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi, deb yozmoqda TIV axborot xizmati.

Foto: Sputnik

Bugun, 11-may kuni esa Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo’yicha ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.