AQSh Senatidagi bir guruh demokratlar yangi yordam dasturini taqdim etish niyatida. Loyihaga ko’ra, Amerikada yashayotgan har bir odamga koronavirus pandemiyasi davrida va u tugagandan keyin yana uch oy davomida har oy 2000 AQSh dollar yordam puli beriladi.

Foto: RBK

Bu pulni hatto noqonuniy muhojirlar ham olishi mumkin. Davlatga soliq to’lagan bo’lsa bas va yillik daromadi 120 ming dollardan kam bo’lishi kerak. Bu degani, Amerikadagi aksariyat oilalar bu yordamni olishga layoqatli bo’ladi.

Demak, ikki farzandli oila (4 kishi) har oy 8000 dollar olishi mumkin bo’ladi va bu koronavirus pandemiyasi tugaguncha davom etadi. Bu har oy topadigan daromadlariga qo’shimcha tarzida beriladi.

Bu loyihaning Senatdan o’tish ehtimoli kam; chunki Senat respublikachilar nazoratida va ular bu yordam mablag’ini haddan tashqari ko’p deb hisoblamoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq pandemiya tufayli aksariyat amerikaliklarning har biriga 1200 dollardan iborat bir martalik yordam puli berilgan edi.