Foto: IIV axborot xizmati

Navoiyda 2020-yilning 6-may kuni soat 18:30 da viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan 22 yoshli Navbahor tumanida yashovchi S.O‘., ning arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 27 yoshli F.X., 2018-yildan hozirgi kunga qadar S.O‘. bilan yaqin munosabatda bo‘lib, S.O‘. fosh etilishini xohlamagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini ma’lum qilib, undan 3,000 000 so‘m pullarni talab qilib, ularni olgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida F.X., dan 3,000 000 so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.