Foto: Tribuna.uz

29 yoshli xavbek Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Atletiko»ga (0:1) qarshi o‘yinda sonining orqa qismidan jarohat olgan.

«Jarohat yanada battaroq ko‘rinish olishi mumkin edi. Aytaylik, Hendersoning jarohati Harri Keynniki singari qo‘rqinchli emas. Menimcha, Jordan taxminan uch hafta davomida bizga yordam bera olmaydi. Albatta, uning safdan chiqishi yaxshi bo‘lmadi, ammo jiddiy jarohatdan qutilib qolishi omadimizdir», – deydi klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp.

Ma’lumot o’rnida, «Liverpul» va «Atletiko» o‘rtasidagi javob bahsi 11 mart kuni o‘tkaziladi. Henderson ushbu bahsgacha safga qaytishi kutilmoqda.