Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo, koronavirusdan o‘lgani taxmin qilinayotgan 3 nafar bolakay aslida noma’lum kasallikdan vafot etganligini bildirdi.

Foto: TASS

Hozircha bu sirli kasallik faqatgina shtatida aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha ayni vaqtda 73 nafar bola bu kasallikni yuqtirib olgan. Vafot etgan bolalarning barchasi 8 yoshdan kichik ekanligi qayt etilgan.

Andrev Kumo, kasallik qon tomirlarini yallig‘lanishga olib kelmoqda va bu esa noma’lum yurak sindromi yuzaga chiqayotganligini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Nyu-York shahri joylashgan Nyu-York shtati koronavirusga chalinishlar soni bo‘yicha AQShda yetakchilik qilmoqda. Bu yerda koronavirusga chalinganlar soni 319 mingga yetgan, undan vafot etganlar 19 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.