Hindiston va Xitoy o‘rtasida yirik harbiy mojaro kelib chiqishiga bir bahya qoldi.

Foto: Avia Pro

Xitoy axborot agentligi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, Hindiston tomoni hech bir sababsiz xitoylik chegarachilarni o‘qqa tutgan. Oqibatda kamida 7 kishi yaralangani aytilmoqda.

Bunga javoban Xitoy raketa zarbasini qo‘llagan. Buning natijasida Hindistonga tegishli yengil zirhli avtomobil yo‘q qilingan va 4 kishi jarohat olgan.

Har ikki davlatda ham yadro quroli borligini inobatga olgan holda ta’kidlanishicha, ushbu holat natijasida yirik qurolli mojaro kelib chiqishi mumkin edi. Faqatgina favqulodda olib borilgan muzokaralar natijasida qurolli to‘qnashuv yanada yiriklashishdan saqlab qolindi.

Hozirga qadar Hindiston harbiylari nima sababdan Xitoyga tegishli hududga bostirib kirgani noma’lumligicha qolmoqda. Shuningdek Xitoy tomoni qanday raketa tizimidan foydalangani ham ma’lum emas. Zarba aniqligi va kuchidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, hujum davom etgan taqdirda Hindiston tomoni juda katta yo‘qotishlarga uchrashi ehtimoli katta bo‘lgan. Boisi, bunday raketalardan o‘nlab, yuzlab va hatto minglab zarba yo‘llansa Hindiston havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi dosh bera olmagan bo‘lardi.