Yevropa Ittifoqi mamlakatlari koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi va voqeaning bunday rivojlanishiga hozirlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) vakili ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.

Foto: RIA novosti

“Xavf-xatarni so‘nggi baholash natijalariga muvofiq a’zo davlatlar ikkinchi to‘lqinga tayyorlanishi zarur”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Avvalroq Robert Koch Instituti rahbari Lotar Viler koronavirusning ikkinchi va uchinchi to‘lqinlarini taxmin qilgandi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, aholining 60-70 foizi kasallikka chalinmaguncha infeksiya tarqalishda davom etaveradi.