Foto: Sof.uz

Xitoyliklarni 20 fevral kuni “Novoslobodskaya” metro stansiyasida to‘xtatishgan. Ularda mehmonxonada karantinda saqlanish haqida hujjat bor edi. Lekin u yerda zerikib ketgan turistlar shahar aylanmoqchi bo‘lishgandi.

Voqea joyiga politsiya va tez yordam chaqirildi. Vrachlarni ko‘rgan xitoyliklar ekskursiya avtobusiga yugurib chiqib, ketib qolishgan. Gid-tarjimon ularning Taganka teatriga bormoqchi ekanini aytgan. 

Ushbu holat bo‘yicha ish o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.