Bugun ijtimoiy tarmoqlarida Farhod avtomobil ehtiyot qismlar do‘konlarining biridagi tadbirkorda yuqori tana harorati aniqlanganligi sababli do‘konlar faoliyati to‘xtatilganligi haqidagi xabar tarqalgan edi.

Foto: Uznews

Toshkent shahar IIB ma’lum qilishicha, Uchtepa tumanidagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylari sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopildi. Tadbirkorlarlan birining isitmasi borligi haqida ilgari tarqagan ma’lumot haqiqatdan yiroqdir.

Ehtiyot qismlar bozorida har bir savdo joyi tegishli dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so‘ng bozor o‘z ishini davom ettiradi, deyiladi Toshkent shahar IIB axborot xizmati xabarida.

Avvalroq, Uchtepa tuman hokimligi hozirda savdo qatorlari ma’muriyati tomonidan sanitariya kuni e’lon qilingani. SanPinning belgilangan normalariga muvofiq sanitariya ishlari amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edi.