Avval xabar qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantinda bo‘lganlik haqidagi hujjatni kim beradi?

Javob: Statsionar sharoitda karantinda bo‘lgan shaxslar uchun, karantin zonadan berilgan ma’lumotnomaga asosan, hududiy (uchastka) ambulatoriya-poliklinika xizmati mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiiylashtirib beradi;

Uy sharoitida karantinda bo‘lgan shaxslar uchun hududiy (uchastka) ambulatoriya-poliklinika xizmati mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiiylashtirib beradi.