Korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus agentlik tashkil etildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatida chiqish qilgan mamlakat Bosh prokurori ma’lum qildi.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Ayni paytda agentlikni tashkil etish, uning maqomi va faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, muhokama uchun taqdim etilgan.

Loyihaga ko‘ra, agentlik huquqni muhofaza qiluvchi alohida organ sifatida faoliyat ko‘rsatadi va viloyatlarda uning boshqarmalari tashkil etiladi.