Farg’ona viloyati, Quva tumanida joriy yil 5-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xonabod mahallasida yashovchi M.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 102 tup “ko‘knori” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi taqiqlangan ekinlarni ekish va yetishtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi, yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi, deyiladi viloyat IIB axborotxizmati xabarida.