Bugun ijtimoiy tarmoqlarida Farhod avtomobil ehtiyot qismlar do‘konlarining biridagi tadbirkorda yuqori tana harorati aniqlanganligi sababli do‘konlar faoliyati to‘xtatilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Uchtepa tuman hokimligi ma’lum qilishicha, hozirda savdo qatorlari ma’muriyati tomonidan sanitariya kuni e’lon qilingan. SanPinning belgilangan normalariga muvofiq sanitariya ishlari amalga oshirilmoqda.

Tegishli tadbirlar amalga oshirilgan so‘ng, avtomobil ehtiyot qismlar do‘konlari o‘z faoliyatini davom ettiradi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.