COVID-19 pandemiyasi hayotning barcha sohalariga taʼsir koʻrsatdi, ayniqsa global iqtisodiyotga katta taʼsir koʻrsatdi: neft va gazga talab pasayib ketdi.

Foto: Google

Avvalroq, biz baʼzi mamlakatlar – Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻiston Xitoyga gaz yetkazilishini qisqartirish haqida oʻylashayotgani haqida yozgan edik. Shu qatorda, ushbu tashabbus aynan Pekin tomonidan bildirilgan.

Biroq, maʼlum boʻlishicha, COVID-19 va u bilan bogʻliq cheklovlar milliy iqtisodiyotga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Xususan, benzinga talab keskin pasaydi. Oʻzbekistonning ayrim hududlarida bu koʻrsatkich 80 foizgacha kamaydi.

Bu haqda “Oʻzbekneftegaz” rahbari Mehriddin Abdullayev S&P Global’ga maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, mart oyi oxiri va aprel oyi davomida Toshkentda benzinga talab 70-80 foizga, mamlakatning boshqa mintaqalarida esa oʻrtacha 60-65 foizga pasaydi.

Shu bilan birga, may oyida AI-80 benzini narxi sezilarli darajada pasaydi.

Eslatib oʻtamiz: shu oy boshidan boshlab mamlakatda AI-80 benzini va dizel yoqilgʻisi, shu jumladan “EKO” markasi uchun chakana narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilindi.

Oʻzbekiston prezidentining “Neft va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishiga muvofiq, neftni qayta ishlash zavodlari ularni endilikda birja savdolari orqali sotmoqda.