Samarqand viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Foto: O’zA

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan va 2 nafari Oqdaryo tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Farg‘onada tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Oltiariq tumanidan, 4 nafari Quva tumanidan, Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, ulardan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1945 nafarni tashkil etmoqda.